07:19 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
92710

Sogʻliqni saqlash vazirligi Davlat byudjeti hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxatini tayyorladi.

TOSHKENT, 18 iyul – Sputnik. “Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi idoralararo qaror loyihasi tayyorlandi.

Qaror loyihasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tayyorlandi.

Hujjatga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan davolanish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxati ilova qilingan.

1. Yurak qon tomir kasalliklari: Tugʻma va orttirilgan yurak nuqsoni bor va qon aylanishi buzilishi  kuzatilgan; barcha turdagi kardiomiopatiyalar; yurak ritmi buzilishi bilan miokardit va endokarditlar; yurakda rekonstruktiv jarrohlikdan soʻnggi holatlar.

2. Nafas sistemasi kasalliklari: nafas yetishmovchiligini II-III darajasi bilan asoratlangan oʻpka kasalliklari; bronxial astma ogʻir shakllari

3. Jigar kasalliklari: jigar tsirrozi; faol davridagi surunkali gepatitlar “S”, “D”, “V”.

4. Qandli diabet kasalligi.

5. Toksik buqoq kasalligining dekompensatsiya bosqichi yurak ritmi buzilishi bilan: tireotoksikoz, diffuz toksik buqoq III darajasi.

6. Buyrak kasalliklari: yagona  buyrak; ikkilamchi burishgan buyrak kasalligi; glomerulonefrit; surunkali buyrak yetishmovchiligi; nefrostoma qoʻyilgan xomilador ayollar.

7. Oʻta ogʻir akusherlik anamnezi bor homilador ayollar: uchtadan koʻp boʻlgan 22 haftagacha homila tushgan holatlar anamnezda kuzatilgan homilador ayollar;  ikkitadan koʻp boʻlgan 22 haftadan katta erta tugʻish holatlar (perinatal yuqotishlar bilan) anamnezda kuzatilgan homilador ayollar; anamnezida  ikkita va undan koʻp kasal/nogiron tugʻilgan chaqaloqlar bor homilador ayollar.

8. Qon va qon yaratuvchi aʼzolar kasalliklari: kamqonlikning ogʻir shakli (gemoglobin 70 g/l va undan kam) tugʻma va ortirilgan trombotsitopatiyalar va b.

9. Biriktiruvchi toʻqimalar tizimli kasalliklari (kollagenoz): tizimli qizil yugurik, poliarteriit, sklerodermiya, gemorragik vaskulit, Bexterev kasalligi.

10. Koʻkrak qafasida, qorin boʻshligʻida, kichik chanoq boʻshligʻida (oʻpka, buyrak,jigar, siydik pufagi, siydik yullari, qora taloq, ingichka va tugʻri ichak, chanok suyaklarida) rekonstruktiv jarrohlik amaliyoti oʻtqazilgan homilador ayollar. 

11. Kuz kasalliklari: glaukoma.

12. 18 yoshgacha oʻsmir qizlar (homiladorlar)

13. Turli yomon sifatli va chegaradosh oʻsma kasalliklari bor homilador ayollar

14. Tuberkulyoz (sil) bilan homilador ayollar

15. Surunkali va uzoq kechuvchi ruhiy buzilishlar bilan kasallangan homilador ayollar

Kasalliklar toʻliq roʻyxati bilan loyihada tanishish mumkin.

Asosiy mavzular