16:31 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
384 0 0

Oʻqituvchilar uchun bu sayohat "Oʻzbekistonda rus tili - yangi istiqbollar" tanlovidagi gʻalaba uchun mukofot boʻldi

TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonning eng yaxshi rus tili oʻqituvchilari, Tretyakovka galereyasida oʻtkaziladigan, joriy yilning eng asosiy koʻrgazmalardan biri boʻlgan "Ilya Repin" koʻrgazmasini tomosha qiladilar.

"Rus gumanitar missiyasi" matbuot-xizmati xabariga koʻra, "Oʻzbekistonda rus tili - yangi istiqbollar" tanlovi gʻolibalari Rossiya poytaxtiga sayohatga kelishgan. Ular orasida Andijon shahri, Andijon viloyati Baliqchi tumani, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani, Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani, Nukus va Amudaryo tumani, Navoiy viloyati Xatirchi tumani, shuningdek, Toshkent viloyati Zangiota va Angren tumanlari vakillari bor.

Pedagoglar Moskvadagi diqqatga sazovor joylarni tomosha qiladilar, Tretyakovka galereyasida Ilya Repin asarlari koʻrgazmasida boʻladilar, "Sovremennik" teatrida "Uch opa-singil" ("Tri sestrы") spektaklini tomosha qilib, Arbatdagi A.S.Pushkin uy-muzeyini, M.YU.Lermontov uy-muzeyini va N.V.Gogol muzeyini ziyorat qiladilar.

Russkaya gumanitarnaya missiya
Luchshiye uzbekskiye pedagogi-rusistы priyexali na ekskursiyu v Moskvu

Eslatib oʻtamiz, "Oʻzbekistonda rus tili - yangi istiqbollar" tanlovi 1 dekabrdan 10 iyunga qadar oʻtkazilgan, unda Oʻzbekistondagi umumtaʼlim muassasalarida faoliyat yuritadigan rus tili va adabiyoti oʻqituvchilari ishtirok etgan edilar.

Asosiy mavzular