08:04 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
139 0 0

Jismoniy va yuridik shaxslarga turizm obʼyektlari toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi hamda ularni targʻib qiluvchi turistik axborot markazlari tashkil etiladi.

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Turizm toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi.

Qonun bilan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi turizm sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga turizm obʼyektlari toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi hamda ularni targʻib qiluvchi turistik axborot markazlari tashkil etiladi.

Qonunga muvofiq, turoperatorlik va turagentlik faoliyati, shuningdek, sayohatlar tashkil etishga doir boshqa faoliyat turistik faoliyat hisoblanadi.

Turoperatorlar va turagentlar faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi. Litsenziya amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.

Ekskursiya xizmatlari koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan jismoniy shaxslarga turistik faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olish talab qilinmaydi.

Gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar Qoʻmita tomonidan beriladigan sertifikat olganidan keyin, yuridik shaxs tashkil etmasdan mustaqil ravishda xizmatlar koʻrsatishi mumkin.

Qonunga muvofiq, Qoʻmita Oʻzbekistonning Milliy turistik belgisini ishlab chiqadi. Mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq bir yil ichida 60 mingga yaqin xorij fuqarosiga Oʻzbekistonga kirish elektron vizasi berilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular