13:34 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
146 0 0

“Cambridge Assessment International Education” tashkiloti 29 iyundan 2 iyulga qadar Prezident maktablariga saralash imtihonlarini oʻtkazgan edi.

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. 21-24 iyul kunlari Namangan, Nukus, Xiva va Toshkent shaharlarida Prezident maktablariga asosiy qabul imtihonlari boʻlib oʻtadi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Shu bilan birga, hozirgi kunda Xalq taʼlimi vazirligi asosiy imtihon natijalariga koʻra Prezident maktabiga qabul qilinmagan bir guruh oʻquvchilarni boshqa ixtisoslashgan maktablarga imtihonsiz qabulni tavsiya qilishni rejalashtirmoqda.

“Cambridge Assessment International Education” (Buyuk Britaniya) tashkiloti 29 iyundan 2 iyulga qadar Prezident maktablariga saralash imtihonlarini oʻtkazgan edi.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning 20 fevralida prezident Shavkat Mirziyoev “Prezident maktablarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qarorni imzolagan edi. Hujjatga koʻra, Prezident maktablari mamlakatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Asosiy mavzular