07:55 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
264 0 0

Mol, ot va mayda shoxli mollarni identifikatsiya qilish xizmatlari uchun toʻlovlar miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida hujjat loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

TOSHKENT, 19 iyul – Sputnik. Veterinariya davlat qoʻmitasi “Hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori va shartlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” idoralararo qaror loyihasini tayyorladi.

Hujjatga hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori va shartlari toʻgʻrisidagi nizom ilova qilingan.

Qayd etilishicha, yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz ehtiyojlari uchun saqlayotgan yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun koʻpaytirayotgan, boqayotgan hayvonlari identifikatsiya obʼyekti boʻlib hisoblanadi.

“Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari uchun hayvon egalaridan quyidagi miqdorlarda toʻlov undiriladi:

- yirik shoxli mollar, ot, eshak va tuyalar - Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 2 foizi;

- mayda shoxli mollar, choʻchqa – BHMning 1,5 foizi;

- it va mushuklar – BHMning 1 foizi.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish xizmatlari veterinariya muassasasi va hayvon egalari oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Asosiy mavzular