06:43 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
703 0 0

Xususan, 2020 yildan boshlab bozor, super market va fast-fudlarga yetkazib beriladigan goʻshtlarning elektron bazasi boʻlishi shart etib belgilanadi.

TOSHKENT, 19 iyul - Sputnik. Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra, 2020 yildan sifati, veterinariya nuqtai-nazaridan kafolatlangan goʻshtlarni elektron maʼlumotlar bazasi joriy qilinadi.

Bu haqda bugun jurnalistlar bilan uchrashuvda Oʻzbekiston  Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Abror Akbarov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Mana shu elektron maʼlumotlar bazasiga kiritilmagan goʻshtni sotish ham, undan foydalanish ham taʼqiqlanadi", - dedi u.

Xususan, 2020 yildan boshlab bozor, super market va fast-fudlarga yetkazib beriladigan goʻshtlarning elektron bazasi boʻlishi shart etib belgilanadi.

Akbarovning aniqlik kiritishicha, ushbu elektron bazalar dasturi faqatgina zamonaviy ixtisoslashgan soʻyish korxonalarida oʻrnatiladi va mana shunday maxsus korxonalarda soʻyilgan hayvon goʻshtlari ushbu bazaga kiritiladi.

Asosiy mavzular