07:22 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
273 0 0

Avtobus va boshqa yoʻnalishli transport vositalarining oynalarini yorugʻlik oʻtkazishini kamida 50 yoki 60 foizgacha soʻndirish taklif etildi.

TOSHKENT, 19 iyul – Sputnik. “Mening fikrim” murojaatlar portalida jamoat transportlari oynalarini qoraytirish haqida petitsiya joylashtirildi.

Petitsiya muallifi fikriga koʻra, yoz mavsumida harorat 40 darajadan oshgan vaqtlarda avtobuslardagi konditsionerlarning sovutish funktsiyasi ishlamay qolganda juda seziladi.

“Shu sababli, jamoat transportlari, yaʼni avtobus va boshqa yoʻnalishli transport vositalarining oynalarini yorugʻlik oʻtkazishini kamida 50 yoki 60 foizgacha soʻndirishni taklif qilaman”, - deyilgan murojaatda.  

Taʼkidlanishicha, jazirama quyosh jamoat transportidagi odamlarning salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Koʻngil aynishi, xushsizlanish kabi holatlarga sabab boʻladi.

Bundan tashqari, baʼzida tigʻiz vaqtda avtobusda oʻtirish uchun boʻsh joy boʻlsa ham odamlar quyosh sabab oʻsha boʻsh joylarga oʻtirmaydi. Bu esa ortiqcha tiqilinchni yuzaga keltiradi. Hamma avtobuslarga konditsioner qoʻyish yoki ularni yangilarga almashtirish esa koʻp mablagʻ va vaqt talab qiladi.

“Amaldagi Yoʻl harakati qoidalari 3-ilovasining 7.4 bandida “Barcha transport vositalarida old, yon va orqa tomondagi oynalarning yorugʻlik oʻtkazishi kamida 70 foizni tashkil etishi kerak”ligi belgilangan. Shu sababli yuqoridagilarni inobatga olgan holda, jamoat transportlari, xususan, avtobus va boshqa yoʻnalishli transport vositalari oynalarining yorugʻlik oʻtkazishini kamida 50 yoki 60 foizgacha soʻndirishni taklif qilaman”, - deyilgan petitsiyada.

Asosiy mavzular