19:10 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Vo vremya bogoslujeniya. Illyustrativnoye foto

Yosh ayol "jannatda semizlarga oʻrin yoʻq", degan gapi uchun ruhoniyni sahnadan itarib yubordi

CC0 / pixabay
Jamiyat
Havola olish
1617 0 0

Braziliyaning San-Paula shahrida protestantlik mazhabidagi ruhoniy jannatning semizlar uchun "yopiqligi" haqida aytgan gaplari uchun jazolandi

TOSHKENT, 19 iyul - Sputnik. Kontsert zallarining birida toʻplanganlar oldida chiqish qilayotan ruhoniy ortiqcha vaznga ega ayollar jannatga tushmasliklari haqida gapirdi. Shu payt sahnaga toʻlachadan kelgan qiz yugurib chiqib erkakni orqasidan itarib yubordi. Ruhoniy bu harakatdan soʻng sahnadan pastga yiqildi.

La Vanguardia nashrining yozishicha, ushbu hodisa 50 ming nafar shok holatiga tushgan dindorlar koʻz oʻngida yuz bergan. Holat videoga suratga olingan va ijtimoiy tarmoqda katta muzokaralarga sabab boʻlgan. Internet foydalanuvchilarning aksariyati, ruhoniy badnafslikni nazarda tutganligi, faqat oʻz fikrini oxirigacha aytishga ulgurmagani haqida yozishgan.

Ushbu tajovuzdan soʻng braziliyalik yosh ayol qoʻlga olingan. Cherkovning Twitter-akkauntida diniy ulamo jiddiy jarohat olmagani xabar qilingan.

Asosiy mavzular