02:33 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
53410

Umarovning yozishicha, hozirda "tonirovka" mavzusi boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib, har tomonlama koʻrib chiqilmoqda.

TOSHKENT, 20 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarov Instagramdagi sahifasida avtoulov "tonirovka"si haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Umarovning fikricha, xavfsizlik masalalarini hal qilishda va taʼminlashda tonirovka hech ham toʻsiq boʻlolmaydi.

"Menga "Instagram"dagi sahifam orqali bahsli mavzu — "tonirovka" borasida juda koʻp murojaat kelib tushmoqda. Shu sababli va bu aktual mavzuning qisman xavfsizlik masalasi bilan bogʻliqligi uchun oʻz fikrimni bildirishga qaror qildim. Fikrimcha, "tonirovka" mavzusi Oʻzbekiston sharoitida dolzarb va oʻrinli koʻtarilgan. Chunki yurtimizda iqlim sharoiti yoz oylari, ayniqsa, chilla payti juda ogʻir boʻladi.

Masalaning muhim ekanligini hamda Internet tarmoqlari orqali jamoatchilik, blogerlar va deputatlar murojaatlarini inobatga olib, biz mutasaddi davlat idoralariga bu masalani amaliyotga joriy qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdik. Hozirda "tonirovka" mavzusi boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib, har tomonlama koʻrib chiqilmoqda.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan qaraydigan boʻlsak, shuni alohida aytmoqchimanki, bizda ushbu yoʻnalishda hamma zarur choralar ishlab chiqilgan va ijrosi taʼminlangan. Avtoulov "tonirovka"si xavfsizlik masalalarini hal qilishda va taʼminlashda bizga toʻsiq boʻlolmaydi", - deb yozgan Umarov.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Otabek Umarov (@otabek_muhammadalievich)

Asosiy mavzular