Hududlarga biriktirilgan maktablarni ko‘rsatuvchi onlayn xarita ishga tushdi

© XTVOnlayn karta shkol s ukazaniyem prikreplennix mikroregionov
Onlayn karta shkol s ukazaniyem prikreplennix mikroregionov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi vazirligi muayan hududga biriktirilgan maktablarni ko‘rsatuvchi onlayn xaritani ishga tushirdi.

TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. Ota-onalar uchun maktab joylashuvi va mikrohududni aniqlashga yordam beruvchi onlayn xarita ishga tushdi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.

gis.uzedu.uz  manzilida joylashgan  xarita ota-onalarga o‘zlarining mikrohududlari va ularning hududlaridagi maktablarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda mazkur xizmat test rejimida faoliyat yuritmoqda. Onlayn xaritaga Toshkent shahridagi barcha maktablar mikrohududlari bilan kiritilgan”, - deyilgan xabarda.

Xizmatdan foydalanish uchun saytga kirish kerak va tegishli tumanni tanlash lozim. Shundan keyin Maktablarni ko‘rish tugmasini bosish kerak va tizim xaritada maktablarni ko‘rsatadi. Yangi qabul tizimi joriy etilayotgan maktablar qizil rangda ko‘rsatilgan.

Ushbu yangi xizmat Xalq ta’limi sohasida AKTni rivojlantirish markazi xodimlari tomonidan yaratilgan. Kelajakda xizmat kengaytirilib, respublikadagi barcha maktablarning mikrohududlarini ko‘rish imkoniyati yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, maktablarning mikrohududlari tuman hokimiyatlari qarori bilan tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyulda qabul qilingan 469-son qaroriga muvofiq maktablar birinchi navbatda ushbu hududga biriktirilgan manzillardan o‘quvchilarni qabul qilishi kerak.

 

Yangiliklar lentasi
0