O‘zbekistonliklar asosan qaysi kasalliklardan vafot etishmoqda?

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishVrach-travmatolog smotrit na rentgenovskiy snimok
Vrach-travmatolog smotrit na rentgenovskiy snimok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat statitistika qo‘mitasi 2019-yilning yanvar-iyun oylarida mamlakatdagi o‘lim holatlariga qaysi kasalliklar sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yilning yanvar-iyun oylarida 75,8 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koyeffitsiyenti 4,6 promilleni tashkil etdi, 2018-yilning mos davriga nisbatan o‘zgarmagan (2018 yilning yanvar-iyun oylarida 4,6 promille bo‘lgan). Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilning yanvar-iyun oylarida qayd etilgan o‘lim holatining 62,1 foizini - qon aylanish tizimi kasalliklari, 9,5 foizini - o‘simtalar, 5,3 foizini - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,5 foizini - nafas olish a’zolari kasalliklari, 5,4 foizini - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 1,4 foizini - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 11,8 foizini-  boshqa kasalliklar tashkil etgan. 

O‘zbekistonliklar uch oy ichida asosan qaysi kasalliklardan vafot etishgan?

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 3,4 ming nafarni tashkil etib, ularning 55,3 foizi - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 20,4 foizi - nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 13,3 foizi - tug‘ma anomaliyalardan, 2,2 foizi -  baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,4 foizi - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,8 foizi - ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 5,6 foizi - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0