09:07 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
664 0 0

Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston doimiy aholisi soni toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

TOSHKENT, 22 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2019 yil 1 iyul holatiga 33,5 mln kishini tashkil etib, 2019 yil boshidan 268,1 ming kishiga yoki 0,8 foizga oʻsdi. Ushbu raqamlar Davlat statistika qoʻmitasi hisobotida keltirib oʻtilgan.

Qayd etilishicha, shahar aholisi soni 16,9 mln kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5 foiz), qishloq aholisi soni 16,5 mln kishini (49,5 foiz) tashkil etdi.

2019 yil 1 iyul holatiga eng koʻp aholi soni Samarqand viloyati (respublika aholisi sonidagi ulushi 11 foiz), Fargʻona viloyati (11,1 foiz), Qashqadaryo viloyati (9,7 foiz) va Andijon viloyatida (9,2 foiz) qayd etilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2019 yil 1 iyul holatiga koʻra aholining 30,5 foizini mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59 foizini mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10 foizini kattalar tashkil etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2019 yilning yanvar-iyun oylarida mamlakatdagi oʻlim holatlariga qaysi kasalliklar sabab boʻlgani maʼlum qilingan edi.

Asosiy mavzular