08:03 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
327 0 0

IIBB jurnalist Nikita Makarenkoga faol fuqarolik pozitsiyasi uchun minnatdorlik bildirdi.

TOSHKENT, 22 iyul – Sputnik. Toshkent shahar IIBB Gazeta.uz muallifi Nikita Makarenkoga faol fuqarolik pozitsiyasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Bir kun oldin Nikita Makarenko uning uyi oldidagi tungi klubda tong soat 5gacha balan ovozda musiqa qoʻyilayotganidan va IIB xodimlari bunga nisbatan hech qanday chora koʻrmayotgani haqida xabar qilgan edi.

IIBB Makarenkoning ushbu murojaatni barcha tafsilotlarigacha oʻrganib chiqib, tungi klub tarqatayotgan shovqinni qayta oʻlchashini hamda ushbu vaziyatga qarshi chora koʻrmagan ichki ishlar xodimlari hatti-harakatiga ham majmuali baho berishni vaʼda qilgan.

Shu bilan birga IIBB oʻz xabarida jurnalist Nikita Makarenkoga jamoatchilik hayotida faol ishtirok etayotani, oʻz maqolalarida ijtimoiy - dolzarb muammolarni yoritib borayotgani hamda IIBB bilan hamkorlik qilayotgani uchun minnatdorlik bildirgan.  

Eslatib oʻtamiz, Nikita Makarenko Oʻzbekistonning eng faol jurnalistlaridan biri. U oʻz maqolalarida Toshkent aptekalarda narkotik-dorilar sotilishi, maktablarga  qabul qilishda qiyinchiliklar, madaniyat va sanʼatni sohasini moliyalash, DTM faoliyati va Oʻzbekistonda jurnalist boʻlib ishlash muammolarini batafsil yoritib kelmoqda.

Asosiy mavzular