08:45 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
228 0 0

Mamlakatda aholisiga qulaylik yaratish maqsadida biometrik pasport hamda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun fuqarolarga haftaning dam olish kunlari ham xizmat koʻrsatilmoqda.

TOSHKENT, 22 iyul – Sputnik. IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari tomonidan dam olish kunlari qancha fuqaroga xizmat koʻrsatilganini maʼlum qildi.

Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga koʻra, Respublika IIO migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari tomonidan 20 iyul, shanba kuni 5066 nafar fuqarolardan biometrik pasport va xorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish yuzasidan hujjatlar qabul qilingan. Shuningdek, 4807 nafar fuqarolarga biometrik pasport va xorijga chiqish biometrik pasportlari topshirilgan.

21 iyul, yakshanba kuni esa 528 nafar fuqarolardan biometrik pasport va xorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish yuzasidan hujjatlar qabul qilinib, 1982 nafar fuqarolarga biometrik pasport va xorijga chiqish biometrik pasportlari topshirilgan.

Xabarda ish kunlaridan tashqari dam olish kunlari xizmat koʻrsatish kelgusi haftalarda ham davom ettirilishi eslatib oʻtilgan.

Avvalroq Toshkentda “pasport stoli” dam olish kunlari ham ishlashi haqida xabar qilgan edik. Bu fuqarolarning biometrik pasport olishi uchun vaqtni qulaylashtirish maqsadida tashkillashtirilgan.

Asosiy mavzular