07:50 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
303 0 0

Bolakayning hayotini saqlab qolgan doktor Sergey Tobias "Sogʻliqni saqlash aʼlochisi" mukofoti bilan taqdirlandi.

TOSHKENT, 22 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri yosh bolaning umrini saqlab qolgan doktor Sergey Tobiasni mukofotladi, deb xabar qilmoqda Ijtimoy tarmoq foylanuvchisi.  

“Sergey Vladimirovich Tobias “Sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi”, - deyilgan xabarda.

Suratdan maʼlum boʻlishicha, nishonni Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanovning shaxsan oʻzi topshirgan. Buning uchun vazir Tobias ishlaydigan klinikaga borgan.

Bir necha kun oldin ijtimoy tarmoqlarda tarqalgan videolavha Sergey Tobiasni xalq orasida haqiqiy qahramonga aylantirgan edi. Unda shifokor koʻchada toʻsatdan nafas olishi toʻxtab qolgan bolaning hayotini saqlab qolishi aks etgan.  

 

Asosiy mavzular