05:58 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Komitet jenщin Uzbekistana v yanvare vыdelil 9,4 milliarda sumov na razvitiye jenskogo predprinimatelstva

Xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga doir hukumat qarori loyihasi tayyorlandi

© Facebook / Komitet jenщin Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
23810

Investitsiya dasturlari doirasidagi loyihalarni amalga oshirish orqali jami 88 ming 294 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlash rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 22 iyul – Sputnik. “Xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash, ular oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

“Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi va “Hunarmand” uyushmasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusining 5-yoʻnalishini amaliyotga tadbiq etish xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash, ular oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin”, - deyilgan hujjatda.

Hujjatga 2019 yilda ishsiz xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi, ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlash boʻyicha yoʻnalishlar kesimidagi taqsimot; xotin-qizlar uchun davlat dasturi asosida yaratiladigan qoʻshimcha ish oʻrinlarining yoʻnalishlari boʻyicha taqsimoti ilova qilingan.

Shuningdek, xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi va tadbirkorlarning mablagʻlari hisobidan oʻz tadbirkorligini tashkil etadigan xotin-qizlarning tuman (shahar) kesimidagi asosiy parametrlari koʻrsatilgan.

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Namangan va Fargʻona viloyatlarida hunarmandchilik va ipakchilik klasterlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash hamda shu maqsadda mahallalar qoshida hunarmandchilik va ipakchilikka ixtisoslashgan yengil konstruktsiyali tsexlarni tashkil etish boʻyicha manzilli roʻyxatni tasdiqlasin”, - deyilgan qaror loyihasida.

Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklariga quyidagi vazifalar bayon etilgan.

- yangidan tashkil etiladigan hunarmandchilik va ipakchilik klasteri korxonalarida klaster tizimini toʻliq oʻz ichiga olgan jarayonni tashkil etish, yangi tutzorlarni tashkil etish uchun paxtadan qisqartirilgan yerlardan 100 gektardan kam boʻlmagan yer maydonlari ajratish;

- zamonaviy pilla yetishtirish inshootlarini qurish uchun tumandagi korxona va tashkilotlarning boʻsh turgan yoki samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlaridan hamda qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlardan belgilangan tartibda ajratish;

- bir oy muddatda davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari
va tijorat banklari bilan birgalikda dasturga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirilishining aniq muddatlari koʻrsatilgan tarmoq jadvallarini ishlab chiqish;

- viloyatda tashkil etilgan “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi” orqali xotin-qizlarni, ayniqsa, qiyin ahvolga tushgan ayollarni mehnat bozorida talab etilayotgan kasblar boʻyicha qayta tayyorlash, tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan ayollarni oʻqitish dasturini ishlab chiqish.

Asosiy mavzular