08:17 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Sotrudnik GAI

Deputatlar jarimaning 70 foizini toʻlash gʻoyasini ilgari surdi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
515 0 0

Huquqbuzar ixtiyoriy ravishda 15 kun ichida jarimaning 70 foizini toʻlasa, u qolgan summani toʻlashdan ozod etilishi mumkin.

TOSHKENT, 22 iyul – Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.Majlisda “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokamasi munozaralarga boy kechdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent viloyatida bir kunning oʻzida 531 nafar piyoda jarimaga tortildi

Qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasi ustida olib borilgan ishlarda ham deputatlar sud ham, qonunlar ham adolat oʻrnatishga xizmat qilishi zarur, degan gʻoyaga suyanib, uni takomiliga yetkazdilar. Loyiha muhokamasi davomida ham uning asl mohiyatini saqlab qolishga harakat qildilar.

Taʼkidlanishicha, shuning uchun ham majlisda koʻrib chiqilgan qonun loyihalari ichida eng koʻp ovoz toʻplab qabul qilingan hujjatlardan biri mazkur loyiha boʻlgan.

Loyiha sud tomonidan jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan sanadan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda u qolgan summani toʻlashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi maʼmuriy jarima solish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini joriy etishni nazarda tutadi.

Oʻzbekistonda 1 avgustdan jarimalar miqdori ham oshadi

Maʼmuriy jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest keltirilganda, maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida xuddi shunday huquqbuzarlik takroran sodir etilganida qoʻllanilmasligi qayd etib oʻtilgan.

Deputatlarning qayd etishicha, taklif qilinayotgan oʻzgartirishlarning amaliyotda qoʻllanishi fuqarolarni tayinlangan jarimalarni oʻz vaqtida toʻlashga ragʻbatlantiradi, ular uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratadi, shuningdek mablagʻlar oʻz vaqtida Davlat byudjetiga kelib tushishini taʼminlaydi.

Asosiy mavzular