14:31 20 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Avtobusы Yutong

Toshkent - Qiziloʻrda yoʻnalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyildi

© Press-slujba Goskomturizma Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
73 0 0

Zamonaviy qulayliklarga ega boʻlgan Yutong avtobusi mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da Toshkent avtovokzalidan yoʻlga chiqadi.

TOSHKENT, 23 iyul – Sputnik. 22 iyuldan eʼtiboran Uzautotrans Service MCHJ Toshkent- Qiziloʻrda yoʻnalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovlarini amalga oshirishni boshladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, zamonaviy qulayliklarga ega boʻlgan Yutong avtobusi mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da Toshkent avtovokzalidan yoʻlga chiqadi. Mazkur yoʻnalish masofasi 583 km boʻlib, yoʻlga 10 soatu 30 daqiqa sarflanadi, yoʻl haqi esa 80 000 soʻmni tashkil etadi.

Turkiya va Oʻzbekiston oʻrtasida muntazam avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilishi mumkin

Avtobuslar chegarani “Gʻishtkoʻprik” va “Jibek Joli” nazorat-oʻtkazish punktlari orqali kesib oʻtadi. Reyslarning oxirgi toʻxtash nuqtasi “Toshkent»”(Oʻzbekiston) va “Saltanat” (Qozogʻiston) avtovokzallaridir. Avtobuslar Qizloʻrdadan Toshkent tomon soat 16:30 da yoʻlga chiqadi.

Mirziyoyev mahalliy va xalqaro yoʻnalishlarda avtobus yoʻl haqini arzon qilishni buyurdi

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Xitoyning Zhengzhou Yutong Bus Co kompaniyasi Oʻzbekistonga 68 ta Yutong avtobusini yetkazib bergani va Uzautotrans Service  qoʻshni davlatlar hamda Rossiyaning Moskva, Omsk, Ufa, Samara va Novosibirsk kabi shaharlariga muntazam avtobus marshrutlarini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular