O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil etiladi

Obuna bo‘lish
Agentlik xodimlariga Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. “Yaratilayotgan mahalliy navlar, xorijiy davlatlardan import qilinayotgan nav va duragaylarni sinovdan o‘tkazish va davlat reyestriga kiritish ishlarini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Plodoovoshnaya produksiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat organlari tizimi qayta ko‘rib chiqildi

Ushbu qaror loyihasida aytilishicha, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash va muhofaza qilish agentligi etib qayta tashkil etiladi.

Agentlikning asosiy vazifalari:

- mahalliy va xorijiy mamlakatlarda yaratilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlari bo‘yicha sinov ishlarini amalga oshirish;

- qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlari bo‘yicha seleksiya yutuqlarini muhofaza qilish;

- O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestrini yuritish;

- qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari sinovini o‘tkazishni uslubiy ta’minlash;

- qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash va muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, bu borada o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish;

- qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash va muhofaza qilish bo‘yicha kadrlarning malakasini oshirish.

“Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, shuningdek, maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi”, - deyilgan hujjatda.

Yangiliklar lentasi
0