07:13 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
226 0 0

Qirgʻiziston va oʻzbekistonlik talabalar Janubiy Koreyada 34ta velosiped oʻgʻirlashdi.

TOSHKENT, 23 iyul – Sputnik. Janubiy Koreya politsiyasi yaqinda gʻalati jinoyatni fosh qildi, deb xabar qilmoqda Yna nashri.

Ikki nafar Oʻzbekiston va bir nafar Qirgʻiziston fuqarolari 34ta velosiped oʻgʻirlagani aniqlandi.

Jinoyatchilar velosiped oʻgʻirlashda yashirin yukxonasim boʻlgan 1 tonnalik yuk avtomobilidan foydalanishgan. Oʻgʻrilar yarim tunda, koʻp qavatli uylar oldida va parkovkalarda qoldirilgan velosipedlarning qulfini kesib yuk mashinasida olib ketishgan.

Ushbu yilning mart oyidan boshlab politsiya velosipedlar yoʻqolib qolayotgani haqida arizalar ola boshlagan. Shundan soʻng ular yaqin atrofdagi videokameralar yozuvlarini oʻrganib chiqqan.

Natijada bir nafar Qirgʻiziston fuqarosi qoʻlga olingan. Velosipedlarning ham bir qismi topilgan. Politsiya xabariga koʻra jinoyatchi velosipedlarni oʻz mamlakatiga yuborishni rejalashtirigan boʻlgan.  Ayni damda politsiya uning sheriklarini qidirmoqda.

Asosiy mavzular