14:00 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
640 0 0

Rospotrebnadzor tekshiruvi vaqtida Oʻzbekiston gilosi va oʻriki tarkibida vitaminlar miqdori bir necha barobar kam chiqdi.

TOSHKENT, 23 iyul – Sputnik. Rossiyada tovar va xizmatlar sifatini tekshiruvchi davlat tashkiloti – Rospotrebnadzor va RIA Novosti jurnalistlari bilan birgalikda shu kunlarda Moskva magazinlarida sotilayotgan bir necha mevalarni tekshirib koʻrishdi.

Ular, xususan, Oʻzbekistonda yetishtirilgan “Bahor” navli qizil gilos, va “Shallax” navli oʻrikni hamda Armanistondan olib kelingan qulupnayni tekshirib koʻrishdi.

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Proverka produktov v laboratorii Rospotrebnadzora

Mutaxassislar birinchi navbatda mevalar xavfsizligini tekshirishdi. Gilos, oʻrik va qulupnayda ogʻir metall tuzlari pestitsidlar yoki boshqa zararli kimyoviy moddalar topilmadi.

Ikkinchi navbatda ular mevalar tarkibida S vitamini, foydali temir, kaltsiy, magniy, natriy, fosfor va beta-karotin moddalari miqdorini aniqlashdi.

Gilosda – temir moddasi odatdagidan koʻra 6 barobar, S vitamini - 3,5 barobar, kaltsiy - 3 barobar,  magniy va fosfor – 2,5 barobar kam boʻlib chiqdi. Odatda 100 gram gilosda 13 gram natriy moddasi bor, lekin bu safar 1,4 gramm chiqdi. Lekin beta-karotin - normadan 10 barobar koʻp.

Oʻrikda ham vitaminlar miqdori beligangan miqdordan kam chiqdi. Vitamina S — 3,5 barobar, kaliy — 1,5 barobar, kaltsiy va natriy —2,5 barobar kam.

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Proverka produktov v laboratorii Rospotrebnadzora

Armaniston qulupnayida  temir – 4 barobar, kaltsiy – 2 barobar, magniy – 1,5 barobar kam chiqdi. S vitamni 50 milligramm – yetarli miqdorda ekan.

Rospotrebnadzor rahbari Anna Potapova aytishiga qaraganda, vitaminlar yetishmasligiga bir necha sabab boʻlishi mumkin. Ular orasida – quyoshli kunlar kam boʻlgani, yerda minerallar miqdori kamligi va boshqalar, dedi mutaxassis.

Popova aytishiga qaraganda, “Demografiya” milliy loyiha talablariga koʻra, Rossiya aholisi ekologik toza va vitaminlarga boy mevalar bilan taʼminlanishi kerak. Shu sababdan Rospotrebnadzor dasturonga tortilayotgan barcha meva-sabzavotlarning molekulyar tarkibini tekshirishi kerak.

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Proverka produktov v laboratorii Rospotrebnadzora

Ovqatlanish Ilmiy-tekshirish instituti mutxassisi Nataliya Jilinskaya aytishiga qaraganda, alohida mevalarda foydali vitaminlar kam boʻlsada, ularning inson organizmiga umumiy foydasi katta. Masalan, oʻrik xolesterin miqdorini kamaytirib, yurak-qon aylanish tizimiga yaxshi taʼsir qiladi. Boshqa mevalar tarkibida ozuqa tolalari koʻp – bu esa ovqat hazm qilish tizimi uchun foydali, - deydi mutaxassis.

Undan tashqari mevalar tarkibida S, V1 va V6 vitaminlari, kaliy, temir, xrom, marganets, kaltsiy, yod, selen va fosfor bor. Bularning barchasi inson organizmi uchun kerakli moddalar.

Asosiysi, mevalarni och qoringa bir mehridan ortiq isteʼmol qilmaslik kerak. Katta yoshli kishi uchun 1 kunda 1 kggacha meva isteʼmol qilish mumkin, lekin ushbu miqdorni boʻlib boʻlib bir necha marotaba isteʼmol qilinsa – yanada foydali boʻladi, oshqozonga zarar yetmaydi.

Asosiy mavzular