14:54 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
23800

Bugunga kelib, kuzatuv kameralari aniqlayotgan qoidabuzarliklarning soni yettitaga yetgan, lekin bu kameralarning 90 foizdan koʻprogʻi sfetaforlarning atroflariga qoʻyilgan – deb yozilgan murojaatda.

TOSHKENT, 23 iyul – Sputnik. “Mening fikrim” murojaatlar portalida piyodalar oʻtish joylariga kuzatuv kameralarini oʻrnatish haqida petitsiya joylashtirildi.

Petitsiyada yozilishicha, shaharlar koʻchalarida kuzatuv kameralari ishga tushganiga mana ikki yarim yildan ortiq vaqt oʻtdi.

“Bugunga kelib, kuzatuv kameralari aniqlayotgan qoidabuzarliklarning soni yettitaga yetgan, lekin bu kameralarning 90 foizdan koʻprogʻi sfetaforlarning atroflariga qoʻyilgan. Hozirda kamera boʻlmagan joylarda, ayniqsa piyodalar oʻtish joylari (yoʻl qatnov qismining piyodalar kesib oʻtishi uchun moʻljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yoʻl belgilari va 1.14.1 — 1.14.3 yoʻl chiziqlari bilan ajratilgan boʻlagi)da qoidalarga rioya qilmaydigan haydovchilar tobora koʻpayib ketmoqda”, - deyilgan murojaatda.

Muallif piyodalar oʻtish joylariga kuzatuv kameralarini oʻrnatishni taklif qildi.

Asosiy mavzular