08:28 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
209 0 0

Hokimliklar buzayotgan bino va inshootlar tufayli juda koʻp kompensatsion toʻlovlar kelib chiqmoqda. Investorlar oʻz vaqtida topilmayotgani sabab ushbu toʻlovlar davlat zimmasiga yuklanmoqda, dedi perzident.

TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirzyoyev va viloyat hokimlari ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda, zarurat boʻlmaganda tadbirkorlar mulkini buzmaslikka chaqirdi.

– Barcha hokimlarni qatʼiy ogohlantiraman – asosli zarurat boʻlmagan holda tadbirkorlarga tegishli mol-mulkni buzishga umuman yoʻl qoʻyilmasligi zarur va shart, – dedi prezident.

Shuningdek, tadbirkorlarning bino-inshootlarini buzish va buning uchun kompensatsiya toʻlash borasida tizimli yondashuv yoʻqligi tanqid qilindi.

Albatta, joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari davomida ayrim binolarning buzilishi tabiiy hol. Biroq, aholi punktlarini istiqbolda rivojlantirish rejalarini hisobga olmasdan, katta hududlarda joylashgan inshootlar buzib yuborilayotgani oqibatida juda koʻp miqdorda kompensatsiya toʻlovlari kelib chiqmoqda, deyilgan xabarda.

Undan tashqari, hokimliklar buziladigan binolarning oʻrnida yangi korxonalarni qurish boʻyicha investorlarni topib, kompensatsiya toʻlovini ularning hisobidan toʻlanishini taʼminlamayotgani sababli ushbu xarajatlar davlat byudjeti zimmasiga tushmoqda.

Ushbu munosabat bilan, Adliya va moliya vazirliklari, Savdo-sanoat palatasiga Biznes-ombudsman ishtirokida mol-mulkni buzish va kompensatsiya toʻlash tartiblarini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif kiritish vazifasi qoʻyildi.

Eslatib oʻtamiz, kecha Qashqadaryo tumanlaridan birida tadbirkor uning doʻkonini buzmoqchi boʻlgan hokim oʻrinbosarining ustiga benzin sepib yoqib yuborgan edi. 

Asosiy mavzular