06:52 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
183 0 0

Adliya vazirligi qaysi ishlarda voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi boʻyicha eslatma bilan chiqdi.

TOSHKENT, 24 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Adliya vazirligi qaysi ishlarda voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi boʻyicha eslatma bilan chiqdi.

Maʼlum qilinishicha, quyidagi ishlarda voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi:

  • yer osti, suv osti, xavfli balandlikda yoki yopiq muhitda bajarish;
  • xavfli mexanizmlar, asbob va uskunalar bilan bogʻliq boʻlgan;
  • xavfli buyumlar yoki jarayonlar, harorat, shovqin yoki toʻlqinlanish darajasining yuqori taʼsirida voyaga yetmaganlarning sogʻligʻiga zarar yetkazishga olib keladigan zararli sharoitlardagi;
  • ogʻir mehnat sharoitlarida bajariladigan (ish vaqtining davomiyligi uzoq boʻlgan, tungi ishlar va boshqalar bilan bogʻliq boʻlgan);
  • oʻzining xususiyati bilan bunday toifadagi xodimlarning axloq-odobiga zarar yetkazadigan;
  • belgilab qoʻyilgan normadan ortiq ogʻir yuk koʻtarishi va tashish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarda.

18 yoshga toʻlmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari bilan bogʻliq ishlar roʻyxati va 18 yoshga toʻlmagan shaxslar koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan ogʻir yuk normalari chegarasi Bandlik va mehnat munosabatlari va Sogʻliqni saqlash vazirliklari tomonidan belgilanadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston qonunchiligida yoshlarga berilgan ayrim imtiyozlar toʻgʻrisida maʼlumot bergan edik.

Asosiy mavzular