08:06 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
195 0 0

Ziyoratchilar Saudiya Arabistonining Madina shahriga Boeing-787 havo laynerlarida yetkaziladi.

TOSHKENT, 24 iyul - Sputnik. ”Oʻzbekiston havo yoʻllari” 24 iyuldan “Haj – 2019” dasturi boʻyicha parvozlarni boshlaydi, deya xabar beradi aviakompaniya.

Maʼlum qilinishicha, ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga tashish 24 iyuldan 3 avgustga qadar 32 ta reys orqali amalga oshiriladi.

Oʻzbekistoning 7 ta shahri: Toshkent, Buxoro, Samarqand, Nukus, Qarshi, Namangan, Urganchdan 7200 nafar ziyoratchi Haj amalini bajaradi.

Ziyoratchilarni Jidda shahridan oʻz vatanlariga qaytarish 17 avgustdan 1 sentyabrgacha rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2019 yildan oʻzbekistonlik musulmonlar uchun haj safari xarajatlari 33,3 million soʻmgacha tushirilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular