15:12 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
364 0 0

Sankt-Peterburgda 37 yoshli ayol toʻrt egizakni dunyoga keltirdi.

TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Sankt-Peterburgda 37 yoshli ayol toʻrt egizakni dunyoga keltirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Seshanba kuni ertalab soat 10:25 da uch oʻgʻil va bir qiz tugʻildi. Oʻgʻil bolalarning vazni 1 kilo 870 gramm, 1 kilo 930 gramm, 1 kilo 580 gramm va qiz 1 kilo 540 gramm. Ona oʻzini yaxshi xis etmoqda”, - deyilgan xabarda.

Shifokorlar reja asosida onaga kesarcha kesish operatsiyasini amalga oshirishdi.

Chaqaloqlar 35 haftalik muddatda Apgar shkalasi boʻyicha yaxshi baho bilan dunyoga keldi. Hozirgi vaqtda bolalar mustaqil nafas olmoqda.

Asosiy mavzular