14:48 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
304 0 0

Mazkur uylar uchun “Ipoteka-bank” ATIB ipoteka krediti ajratadi. Kredit muddati 20 yil, boshlangʻich badal 25 foiz va imtiyozli davr 1 yilni tashkil etadi.

TOSHKENT, 25 iyul - Sputnik.  Hukumatning tegishli hujjati bilan Toshkent shahar, Olmazor tumani Talabalar shaharchasida Oliy taʼlim muassasalarining oʻqituvchi, murabbiy va ilmiy xodimlariga 2019–2020 yillarda 6 ta 9 qavatli arzon uylar qurilishi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali orqali xabar qilindi.

Andijon viloyatida qancha uy-joylar qurilishi maʼlum boʻldi

Mazkur uylar uchun “Ipoteka-bank” ATIB tomonidan quyidagi shartlarda ipoteka krediti ajratiladi:

- kredit muddati 20 yil, boshlangʻich badal 25 foiz va imtiyozli davr 1 yil;

- kreditning birinchi 5 yilida boshlangʻich 7 foiz stavkasidan (banklarning 2 foiz marjasini hisobga olgan holda) qayta moliyalashtirish stavkasiga yetgungacha har yili bosqichma-bosqich proportsional oshirib boriladigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2019 yilda Toshkent shahrida qariyb 400 ta koʻp qavatli uylar qurilishi haqida xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular