06:41 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
477 0 0

Transport vazirligi bir vaqtlar Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan Il-114 samolyotiga juda oʻxshash boʻlgan ATR 72-600 samolyotini sotib olishi mumkin.

TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Transport vazirligi frantsiya-italiya qoʻshma korxonasi mahsuloti boʻlgan  ATR samolyotlarini sotib olishi mumkin. Bu haqida Oʻzbekiston transport vazirligi va ATR kompaniyasi vakillari uchrashuvida maʼlum boʻldi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Transport vazirligi.

Muzokaralar davomida ATR oʻzining yangi hududiy samolyotini - ATR 72-600ni taqdim etdi. Agar Oʻzbekiston Transport vazirligi ushbu samolyotlarni xarid qilish haqida qaror qabul qilsa, ATR uchuvchilarni tayyorlash, ehtiyot qismlar yetkazib berish va texnik xizmat koʻrsatishni oʻz zimmasiga oladi, deyilgan xabarda.

ATR 72-600 – ikki motorli turbovintli, oʻrta va yaqin masofalarga moʻljallangan samolyot boʻlib u 74 yoʻlovchiga moʻljallangan. Samolyot 1300 km masofaga uchishi mumkin. Samolyot 1980 yillarda qurilgan va oʻzining birinchi parvozini 1988 yilda amalga oshirgan. 2010 yilda modernizatsiya qilingan.

Bir soʻz bilan aytganda ushbu samolyot bir vaqtlar sobiq Toshkent Aviatsiya zavodida ishlab chiqarilgan Il-114 samolyotining juda yaqin “sinfdoshi”. Toshkent aviatsiya zavodi yopilganidan soʻng Il-114 samolyotini Rossiya aviatsiya zavodlaridan birida ishlab chilarish eʼlon qilingan edi.  

Asosiy mavzular