Toshkentda tezurar avtobus yo‘nalishlari tashkil etilishi mumkin

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Seul
Goroda mira. Seul - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koreyaning Eksimbanki Toshkent shahar transport infratuzilmasi uchun yangi konsepsiya taqdim etdi.

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Toshkent shahar hokimligida Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Integratsiyalashgan jamoat transporti strategiyasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash” mavzusi muhokama etildi. 

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, yig‘ilishda Koreyaning Eksimbanki Toshkent shahar transport infratuzilmasi uchun yangi konsepsiya taqdim etdi.

Avtobusi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
“Toshshahartransxizmat” - boshqaruv tizimi qayta tashkil etilmoqda

Mazkur konsepsiyada berilgan takliflarda poytaxtda jamoat transporti yo‘nalishlarini ko‘paytirish va shu orqali shaxsiy avtotransportlar harakatini kamaytirish taklif etilgan.

“Koreyalik mutaxassislarning ahamiyatli takliflaridan yana biri tezurar avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish bo‘lib, bu shahar ichida bir manzildan ikkinchisiga tez, oson va qulay yetib olishni ta’minlaydi”, - deyiladi xabarda.

Konsepsiyada bu tizimdagi xususiy tarmoq ishini rivojlantirish kabi qator ilg‘or tashabbuslar ilgari surilgan bo‘lib, endi shahar hokimligi va poytaxt jamoat transportiga mas’ullar bilan birgalikda ushbu takliflarni hayotga joriy etish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0