01:36 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
91530

Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani hokimi oʻrinbosari Mansur Toʻymayevga nisbatan jinoyat ishi ochilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

TOSHKENT, 27 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Administratsiyasi Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida roʻy bergan holat yuzasidan rasmiy axborot eʼlon qildi.

"Tadbirkor Bahriddin Isomovga tegishli ikki qavatli savdo va maishiy xizmat uyini noqonuniy ravishda buzishga boʻlgan xatti-harakati oʻrnatilgan tartibda oʻrganib chiqildi. Oʻrganish xulosalariga koʻra, tuman hokimi Donayev Shohmurod Xolboyevich hamda prokurori Jamshid Xalilov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 

Yakkabogʻ tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Mansur Tuymayev oʻz vakolatiga kirmaydigan xatti-harakatlarni amalga oshirgani sababli unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli bandlari asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Yakkabogʻ tumani hokimi oʻrinbosari Mansur Tuymayev "Hisor Sarlochin" kompaniyasiga tegishli savdo doʻkonlarini buzish ishlarini tashkillashtirayotgan vaqtda mazkur jamiyatda ishlovchi fuqaro Bahriddin Isomov oʻziga tegishli savdo doʻkonini buzilishiga faol qarshilik koʻrsatib, Tuymayevning yuziga yelim idishda boʻlgan benzinni sepib, uni yoqib yuborgan.

Hodisa yuz bergan kuni mamlakat prezidenti barcha hokimlarga "asosli zarurat boʻlmagan holda tadbirkorlarga tegishli mol-mulkni buzishga umuman yoʻl qoʻyilmasligi zarur va shart", deya qatʼiy ogohlantirish bergan edi.

Asosiy mavzular