15:25 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
804 0 0

DXX raisi Abdusalom Azizov Yakkabogʻda boʻlib sobiq tuman hokimlari faoliyatini tanqid qildi va Eski Yakkabogʻ hududini obod markazga aylantirish vazifasini qoʻydi.

TOSHKENT, 28 iyul – Sputnik. 27 iyul kuni DXX raisi Abdusalom Azizov Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida boʻlib viloyat masʼullari bilan muloqot qildi, deb xabar qilmoqda Qashqadaryo ziyokori nashri.

Bahriddin Isomovga tegishli doʻkon binosi

Xabarda aytilishiga koʻra, DXX raisi mojaroga sabab boʻlgan, Bahriddin Isomovga tegishli doʻkon binosi beton va gʻishtdan qurilganini taʼkidlab, bu binoni buzishga uringan tuman masʼullari ishini tanqid qilgan.

“Odatda paxsa devordan boʻlgan yoki bugungi kun talabiga javob bermay qolgan bino buziladi-ku, nega tadbirkorning bu binosiga teginildi?”, - deb koyib gapirdi, — deb Azizovning soʻzlarini keltirgan nashr.

Shuningdek, DXX raisi tadbirkorlarga xalal berish emas, aksincha, yordam berish zarurligini taʼkidladi. Undan soʻng tuman mulozimlari oldiga Eski Yakkabogʻ hududini bir hafta mobaynida “Obod markaz”ga aylanishi vazifasi qoʻyilgan va buning uchun viloyatdan kerakli yordam berilishi aytilgan.

Undan tashqari, Yakkabogʻ tuman hokimligi vakillarining harakatlaridan aziyat chekkan Nizom Vohidov, Dilfuza Boqiyeva, Farruh Jabborov kabi uy-joyi buzilgan 7 nafar, hovli devorlari buzilgan 27 nafar, jami 34 kishiga 1,7 milliard soʻm kompensatsiya pullari toʻlab berilishi taʼkidlangan.

Eslatib oʻtamiz, kecha Yakkabogʻ tuman hokimi va prokurori lavozimidan ozod qilingan, ekskavator bilan binoni shaxsan buzishga uringan hokim oʻrinbosari ustidan jinoyat ishi ochilgan edi. 

Asosiy mavzular