14:36 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
627 0 0

Xorazmda bosh vazir tashrifidan soʻng aholiga tovon pullarini toʻlash boshlandi.

TOSHKENT, 28 iyul – Sputnik. Kecha 27 iyul kuni bosh vazir Abdulla Aripov uylari buzilgan aholi va shahar hokimligi oʻrtasidagi muammoni oʻrganish uchun Xorazm viloyatiga keldi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xorazmda bosh vazir aholi vakllari bilan suhbatlashdi va viloyat rahbariyati bilan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.

“Yigʻilishda Urganch shahar hokimi SH.Abdullayev va shahar prokurori J.Davlatovga yoʻl qoʻygan xatolari uchun hayfsan eʼlon qilindi. Koʻchirilgan aholiga vaʼda qilingan tovon pullarini toʻlash boshlandi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Urganch shahridagi “Ashxobod” mahallasida yashovchi 400ga yaqin xonadaon, ushbu hududda sanoat zonasi tashkil etilishi munosabati bilan, Chondirqiyot qishlogʻiga koʻchirilgan edi. Oʻsha yerda aholi vaqtinchalik chodirlarda yashab kelayotgan edi.

Aholiga vaʼda qilingan tovon pullarini toʻlash boshlandi

Vaʼda berilgan pullar bi necha oy davomida toʻlanmaganligi munosabati bilan, 26 iyul kuni koʻchirilgan aholi norozilik namoyi sifatida “Urganch – Xonqa” yoʻlining qatnov qismini toʻsib qoʻyishgan. Viloyat hokimi Farxod Ermanov voqea joyiga yetib borib norozi aholi bilan muloqotga kirishdi. Aholiga tekinga qum va boshqa qurilish materiallarini 10 % chegirma bilan yetkazib berish vaʼda qilingan.

Aholiga vaʼda qilingan tovon pullarini toʻlash boshlandi

Maʼlumot uchun - koʻchirilgan 400 xonadonga jami 70 milliard soʻm tovon puli toʻlash vaʼda qilingan. Har bir xonadon uchun bu oʻrtacha 175 million soʻmdan toʻgʻri keladi.  

Asosiy mavzular