14:21 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
240 0 0

DTM kirish imtihonlarini oʻtkazish uchun barcha kerakli tadbirlarni amalga oshirganini xabar qildi.

TOSHKENT, 28 iyul – Sputnik. Xalqaro press-klubda test sinovlariga tayyorgarlikning oxirgi bosqichiga bagʻishlangan  matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

DTM direktori Karimov Madjit Malikovich va boshqa rahbarlari ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida, 2019/2020 oʻquv yiliga kirish imtihonlariga qanday tayyorgarlik koʻrilgani haqida batafsil maʼlumot berildi.

Xususan, oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga qabul test sinovlarini oʻtkazish boʻyicha soʻnggi tayyorgarlik holati, jumladan, test sinovi oʻtkazilishi belgilangan binolar sonidagi oʻzgarishlar, kunlik test topshiradigan guruh va abituriyentlar soni, binolarni rejalashtirilgan texnik vositalar va qurilmalar bilan jihozlanganligi, sovutish tizimi, monitorlar oʻrnatilganligi, shuningdek, kutilayotgan natijalar, kelgusi yil rejalari boʻyicha maʼlumotlar taqdim etildi.

Undan tashqari, DTM rahbarlari tele va radiokanallar, bosma va elektron ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlarning savollariga javob berishdi, deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular