OTMga kirish imtihonlari sababli Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishDorojniy znak "Kirpich"
Dorojniy znak Kirpich - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda kirish imtihonlari sababli vaqtincha yopiladigan ko‘chalar ma’lum qilindi.

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. OTMga kirish imtihonlari sababli Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra,  oliy ta’lim muassasalarida kirish test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan 2019-yil 29-iyuldan 10-avgustga qadar soat 05.00 dan  20.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida poytaxtning Yunusobod tumanidagi Ko‘rgazma, Korxojiota, Iftixor va Niyozbek yo‘li ko‘chalari transport vositalari harakati uchun vaqtincha berkitiladi.

Boshqarma fuqarolardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019—2020 o‘quv yilgi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi.

Yangiliklar lentasi
0