O‘zbekistonda olib qo‘yilgan yer uchun qanday kompensatsiyalar to‘lanadi?

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishSnos doma
Snos doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Adliya vazirligi yer uchastkalarini olib qo‘yishdagi kompensatsiya turlari sharti haqida eslatma bilan chiqdi.

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Adliya vazirligi yer uchastkalarini olib qo‘yishdagi kompensatsiya turlari sharti haqida eslatma bilan chiqdi.

Qashqadaryoda fuqaro uning do‘konini buzmoqchi bo‘lgan hokim o‘rinbosarini yoqib yubordi

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, yer uchastkalarini olib qo‘yish kompensatsiyaning quyidagi turlari berilishi sharti bilan amalga oshiriladi:

  • fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan boshqa teng qiymatli obod turar joyni mulk qilib berish va dov-daraxtlar qiymatini to‘lash;
  • buzilayotgan uylar, boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlar qiymatini fuqarolarga to‘lash, yer uchastkasini olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash;
  • yer uchastkasini o‘zlashtirish davrida 2-yilgacha muddatga ijaraga vaqtincha uy-joy berib, buzilayotgan uylar, imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlar qiymatini to‘liq to‘langan hamda yetkazilgan boshqa zararlarni qoplagan holda, fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish;
  • yer uchastkasi olib qo‘yilishi oqibatida yuridik shaxslarga avvalgisiga teng qiymatli mol-mulk berish yoki ko‘chmas mulkning bozor qiymatini va yetkazilgan zararlarni qoplash;
  • yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi oqibatida yetkazilgan zararlarni to‘laligicha qoplash;
  • fuqarolarga va yuridik shaxslarga tegishli buzilishi kerak bo‘lgan uylar, imoratlar va inshootlarni ko‘chirish va yangi joyda tiklash, shuningdek, yer uchastkasini olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararlarni qoplash;
  • yangi joyda uylar, imoratlar qurish hamda ularni fuqarolar va yuridik shaxslarga mulk qilib berish, shuningdek, yer uchastkasini olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararlarni qoplash.

Tadbirkor tomonidan yoqib yuborilgan hokim o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi ochildi

 

Yangiliklar lentasi
0