08:20 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
42630

45 kun ichida Katta Fargʻona kanalini qazigan aholi - bugun Rishtonda uyi buzilgan 405 xonadonga yordamga keldi.

TOSHKENT, 29 iyul – Sputnik. 45 kun ichida Katta Fargʻona kanalini qazigan aholi bugun Rishtonda uyi buzilgan 405 xonadonga yordamga keldi, deb yozadi fargʻonalik jurnalistlar  “Xalq bilan muloqot” guruhida.

Xashar v Rishtane

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin Rishtonda, yoʻl kengayishi munosabati bilan 405 oila bobshqa manzilga koʻchirilgan edi. Dastlabki hisob-kitoblar  boʻyicha  ularga 25  milliard  soʻm  tovon  puli  ajratish  koʻzda  tutilgan. Baʼzi  oilalarga  oʻz  xohishiga  qarab,  tovon puli  oʻrniga  uy-joy  qurish  uchun qoʻshimcha yer maydoni ajratilyapti.

Naqd pul mablagʻlaridan tashqari koʻchirilgan aholiga butun Fargʻona viloyati baholi qudrat yordam qoʻlini choʻzgan. Xususan 27-28 iyul kunlari boʻlib oʻtgan hasharda jami 13562 nafar hasharchi viloyatning barcha shahar-tumanlaridan kelib Rishtonda qurilish ishlarida ishtirok etgan.

Hasharchilar orasida Fargʻona shaharliklar ayniqsa koʻp - 4550 nafar hasharchi, “Azot” AJdan - 1500 nafar, “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJdan - 2500 nafar,  “Fargʻona Issiqlik energo markazi”dan kelgan - 550 nafar hasharchi qatnashdi.

Shuningdek Bagʻdod tumanidan 800 nafar, Fargʻona tumanidan – 630 nafar, Yozyovon tumanidan – 587 nafar hasharchilar rishtonliklarga  yordam berishdi.

Xashar v Rishtane

Undan tashqari Fargʻona viloyati har bir tumani, har bir tashkilotidan kelgan hasharchilardan tashqari oʻnlab qurilish texnikasi va yuk avtomoboillari ham kelgan.

Qurilish ishlari avjida, rishtonliklar yanada kengroq va yangi uylar qurilayotganidan xursand boʻlib, hasharchilarga tushlik ovqat pishirishdan va tarvuz-qovush tashishdan charchashmayapti, deb yozishgan fargʻonalik jurnalistlar Gulbahor Saidgʻaniyeva, Ahmadali Teshaboyev va Zaylobiddin Yigitaliyev.

Xashar v Rishtane

Asosiy mavzular