09:39 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
423 0 0

Yakkabogʻda hokimi oʻrinbosarini yoqib yuborgan tadbirkor sud-psixiatriya ekspertizasidan oʻtkazish uchun Toshkentga olib kelindi.

TOSHKENT, 30 iyul – Sputnik. Yakkabogʻda bir necha kun oldin hokim oʻrinbosarini yoqib yuborgan tadbirkor Bahriddin Isomov Toshkentga olib kelindi, deb xabar qilmoqda “Xalq soʻzi” nashri, Bosh prokuraturaga asosan.

“Isomovga nisbatan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanib, jinoyat ishlari boʻyicha Yakkabogʻ tumani sudining 22 iyuldagi ajrimi bilan statsionar tartibda sud-psixiatriya ekspertizasi oʻtkazish uchun Toshkentga yuborilgan”, - deyilgan xabarda.  

Eslatib oʻtamiz, 20 iyul kuni sodir boʻlgan hodisa tufayli Yakkabogʻ tumani prokuraturasi Bahriddin Isomovga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 25 va 97 moddasining 1-qismi bilan jinoyat ishini qoʻzgʻatgan edi.

22 iyul kuni Isomovga ayb eʼlon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Ayblanuvchi qarindoshlari tomonidan taklif qilingan himoyachisi X.Jabborov bilan xoli uchrashiga sharoit yaratib berilgan.

Asosiy mavzular