05:15 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Avtomobil skoroy pomoщi

“Tez yordam” chaqirish madaniyati – bu nima?

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
178 0 0

“Tez yordam” kechikishi sabablaridan biri - jamiyatda ushbu xizmatdan foydalanish madaniyati yetishmasligi deb hisoblaydi SSV.

TOSHKENT, 30 iyul – Sputnik. “Tez yordam” chaqirishning ham oʻz mavridi va madaniyati bor, deb yozadi Sogʻliqni saqlash vazirligi Tez tibbiy yordam xizmati koordinatori Obidjon Dilmurodov.

Tez tibbiy yordam xizmatining inson hayoti va salomatligini asrashdagi oʻrni nihoyatda muhim. Ushbu xizmatni tez va sifatli koʻrsatish uchun faqatgina zamonaviy mashinalar va shifokorlar boʻlishi yetarli emas. Bunig uchun jamiyatda “Tez yordam” xizmatiga nisbatan toʻgʻri madaniyati ham shakllangan boʻlishi kerak, deydi mutaxassis.

Bugungi kunda Oʻzbekiston “Tez yordam” xizmati zamonaviy mashinalar bilan ham malakali shifokorlar bilan ham taʼminlangan, lekin ushbu xizmatdan foydalanish madaniyati tushunchasi, afsuski, jamiyatda juda sust. 

Xoʻsh, “Tez yordam”  madaniyati nimalardan iborat?

1. "Tez yordam"ni asosli chaqirish

"Tez yordam" chaqirishda oʻta shoshilinch holatlar quyidagilar hisoblanadi: beʼmorning hayoti va sogʻligʻiga jiddiy xavf soladigan jarohatlar va kasalliklar, YTH oqibatlari, favqulodda holatlar, hushdan ketish, shok holatlari, profuz qon ketishi, tugʻruq, teri kuyishi yoki sovuq urishi, kimyoviy modda yoki doridan oʻtkir zaharlanish, tok urishi. Bunday chaqiriqlarga 20 daqiqadan kechikmay yetib borish zarur.

Shoshilinch boʻlmagan, biroq tezkor tibbiy yordam koʻrsatilishi zarur boʻlgan holatlar ham bor - yurak ritmi buzilishi (aritmiya), astma xuruji, harakat faoliyatining toʻsatdan buzilishi, oʻrta va yengil tan jarohatlari, allergiya, bosh ogʻrigʻi, qorin, koʻkrak qafasidagi ogʻriqlar, psixikaning oʻtkir buzilishi, buyrak xuruji, qusish, toshma, yuqori isitma, oʻtkir peshob ajralmasligi holatlari boʻyi­­cha «tez yordam» chaqirilganda - 30 daqiqa ichida yetib borib tibbiy yordam koʻrsatish lozim.

Afsuski, bugungi kunda “tez yordam” ga tushayotgan chaqiriqlarning 30-40 % bu - asossiz chaqiriqlardir.

“Aksariyat holatlarda u yoki bu surunkali kasalligi bor bemorlar goh qon bosimini oʻlchatish, gohida qaysidir ukolni qildirish uchun ham «tez yordam»ni chaqiraveradi. Yiliga ming marotabadan koʻp murojaat qilgan shunday bemorlar ham bor”, - deydi  Toshkent shahar tez tibbiy yordam stantsiyasi bosh shifokor oʻrinbosari Ilhom Aslonov.

Aslida, ular oilaviy polik­linikasi yoki qishloq vrachlik punktiga murojaat etib, umumiy amaliyot shifokori tavsiya­­si asosida muolajalarni uzluksiz tarzda toʻgʻri olib borsa, avvalo, oʻz sogʻligʻi uchun foydali boʻlardi, deb qoʻshimcha qildi mutaxassis.

2. Shifokorga aniq maʼlumot berish

Xorijliklar «tez yordam»ga murojaat qilar ekan, operatorning bemorning ahvoli boʻyicha soʻragan har bir savoliga aniq-tiniq javob berishga harakat qiladi. Masalan, bemorning hayotiy koʻrsatkichlari – tana harorati, qon bosimi, tomir urishi va boshqa maʼlumotlarni berishga harakat qiladi.

Bizda-chi? Operator bemorning yaqinidan bemorning ahvoli haqida soʻrasa, «men qayerdan bilaman, tezroq yetib kel», deya dagʻdagʻa qilishdan qaytmaydiganlar ham bor. Baʼzilar esa “tez yordam”ni tashvishga qoʻyganidan iymanibgina “bemorimizning biroz toblari qochdi”, deya murojaat qiladi, aslida, vaziyat ancha jiddiy boʻladi.

3. "Tez yordam" uchun yoʻllarni ochib qoʻyish 

Shuningdek, “Tez yordam” mashinalariga yoʻl bermaslik yoki koʻchalar, xonadonlarga kirish yoʻllarining toʻsib qoʻyilgani ham ushbu xizmat kechikib kelishi va ayanchi oqibatlarga sabab boʻlishi mumkin.

Har bir murojaat ortida inson taqdiri yotibdi. Shu bois, «tez yordam» hamisha xizmatingizga hozir. Faqat bu xizmatdan foydalanar ekanmiz, davlatimiz bu borada yaratib berayotgan imkoniyatlarga javoban masʼuliyatli, eʼtiborli boʻlsak yaxshi boʻlardi, deb soʻzini yakunlaydi mutaxassis.

Asosiy mavzular