Farg‘onada Koreyaning xalqaro universiteti ochiladi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishBolshoy etnograficheskiy diktant v Rossii
Bolshoy etnograficheskiy diktant v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Universitetda Maktabgacha ta’lim, Turizm menejmenti, Koreys tili, Go‘zallik menejmenti, Komputer hisob-kitobi menejmenti, Internet va axborot-kommunikatsiya, Avtomobilsozlik, Arxitektura muhandisligi, Elektrotexnika-gaz muhandisligi bo‘yicha mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim berish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 30-iyul – Sputnik. “Farg‘ona shahrida Koreya Respublikasining Xalqaro Universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Podacha dokumentov v vuzi - Sputnik O‘zbekiston
Qo‘qonda davlat-xususiy sherikchilik asosida universitet ochiladi

Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Tashqi ishlar vazirliklari, O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi hamda Farg‘ona viloyati hokimligining Farg‘onada Koreya Respublikasining Xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berish bayon etilgan.

Loyihada aytilishicha, universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

- respublikaning iqtisodiyoti va sanoat tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro ta’lim standartlari darajasida tayyorlash;

- mutaxassislar hamda ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ta’lim
va ilm-fanning uzviyligi hamda uzluksizligi, shuningdek, jahon ta’lim va ilm hamjamiyatiga majburiy integratsiya hisobiga rivojlantirish;

- kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan yangi ta’lim dasturlari hamda o‘qitish shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;

- pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalarni va o‘qitish uslublarini faol takomillashtirish;

- ta’lim va ilm-fan sohalarida xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda biznes-hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.

Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yana bir xorijiy universitet tashkil etiladi

“Konsorsium tarkibidagi Koreya Respublikasining oliy ta’lim muassasalari ichida “SEOJEONG” universiteti Farg‘ona viloyati hokimligiga akademik hamkor etib belgilanadi hamda universitet bitiruvchilariga belgilangan namunadagi diplomni topshirish majburiyatini oladi”, - deyilgan loyihada.

Shuningdek, Farg‘ona shahar, Nurafshon ko‘chasi 33-uyda joylashgan bino unga tutash hududlari bilan birga beg‘araz foydalanish huquqi asosida keyinchalik joylashtirish uchun universitetga berish nazarda tutilgan.

Farg‘ona shahridagi Koreya Xalqaro universitetida birinchi o‘quv yilida tayyorlanadigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxasisliklari: bakalavriat yo‘nalishlari: Maktabgacha ta’lim, Turizm menejmenti, Koreys tili, Go‘zallik menejmenti, Komputer hisob-kitobi menejmenti, Internet va axborot-kommunikatsiya, Avtomobilsozlik, Arxitektura muhandisligi, Elektrotexnika-gaz muhandisligi.

Yangiliklar lentasi
0