08:42 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
1587 0 0

Qarindoshlarining birortasi hukm oʻqiladigan kuni sudga kelmagani aytilmoqda

TOSHKENT, 30 iyul - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Butun Oʻzbekistonni shok holatiga solgan oilaviy drama va nihoyat mantiqiy yakuniga yetdi - 24 iyul kuni oʻn kunlik sharʼiy nikohdagi jufti halolini oʻlasi qilib kaltaklagan er ustidan sud hukmi oʻqildi. Erkakka uch yilu sakkiz oylik qamoq jazosi berildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Muxbirning aytishicha, hukm oʻqiladigan kuni erkakning birorta qarindoshi sud majlisida qatnashmagan.

Sudya oʻz hukmini eʼlon qilganidan soʻng, erkakning advokati kelin tomondan mijozi uchun rahm-shafqat soʻragan, ammo kelin uni kechirmagan.

Eslatib oʻtamiz, Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida toʻydan 10 kun oʻtgach yosh kelinchak oʻz eri tomonidan ayovsiz kaltaklangan va tuman kasalxonasining reanimatsiya boʻlimiga tushgan edi.

1988 yilda tugʻilgan Zuxra Umarovaning yuzida sogʻ joy qolmagan, koʻzlari dahshatli shishib, qontalash boʻlib ketgan edi.

Uni bu holatda hatto tuqqan onasi ham tanimagan.

Umarovaning onasi oʻsha vaqtda huquqni muhofaza qilish organlariga qilgan murojaat besamar ketgan, onaga qizini davolatish va "oʻziga qimmatga tushishi bois tibbiy ekspertizani oʻtkazmaslik" maslahat berilgan.

Asosiy mavzular