08:42 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
27801

Kecha Toshkent koʻchalarida xavfli poyga uyushtirgan "Damas" haydovchisi oʻz oyogʻi bilan IIBga keldi.

TOSHKENT, 30 iyul – Sputnik. Kecha Toshkent koʻchalarida YPX xodimidan qochib "mashhur" boʻlgan haydovchi, bugun barchadan uzr soʻrab, videomurojaat bilan chiqdi, deb xabar qilmoqda Facebookdagi guruhlardan biri.

"Men, Karimov Sanjar Ismatovich, 1984 yilda tugʻilganman. Kecha 01A063SA raqamli oq "Damas" moshinasini haydab ketayotganimda YPX toʻxtatdi. Ularga boʻysoʻnmagan holda qarama-qarshi yoʻldan qochdim. Bugun oʻz qilgan ishimdan afsuslangan holda oʻz oyogʻim bilan kelib uzr soʻrayman. Qilgan ishim yaxshi emasligini oʻzim ham bildim. Endi boshqa qilmayman", - deyilgan videomurojaatda. 

Eslatib oʻtamiz, kecha ijtimoiy tarmoqlarda “GTA los Tashkentos” nomli video keng tarqalgan edi. Unda “Damas” haydovchisi YPX avtomobilidan qochib ketayotgani aks etgan.

Keyinchalik IIBB ushbu avtomobil egasi aniqlanganini, lekin avtomobilga 4 kishi nomiga ishonchnoma boʻlgani tufayli qoidabuzarlik sodir etilgan vaqtda avtomobilni boshqargan haydovchi qoʻlga olinmaganini xabar qilgan edi.

Asosiy mavzular