02:08 23 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Trudovыe migrantы vozvraщayutsya domoy

Mehnat migrantlari soni kamaymoqda – vazirlik

Ministerstvo zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
409 0 0

2019 yilning birinchi yarmida mehnat migrantlari soni 1,9 %ga kamaydi.

TOSHKENT, 30 iyul - Sputnik. Birinchi yarim yillikda mehnat migrantlari soni kamaydi, deb xabar qildi RIA Novosti Mehnat munosabatlari vazirligi xabariga asosan.  

Xabarda aytilishiga koʻra 2019 yilning yanvar – iyun oylarida xorijga mehnat qilish uchun chiqib ketayotgan Oʻzbekiston fuqarolari soni 2,644 mln kishidan 2,594 mln. kishigacha kamaygan. Bu 2018 yilning ushbu davriga nisbatan 1,9 %ga kam, - deyilgan xabarda.  

Shuningdek, birinchi yarim yillikda ishsizlik miqdori  0,2 %ga kamayib, iqtisodiy faol yoshdagi fuqarolarning 9,1 %ini tashkil qilgan. Oʻtgan davr mobaynida mehnat resurslari miqdori 1 %ga oʻsib 18,964 millin kishini tashkil qilgan.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Sherzod Qudbiyev Oʻzbekiston aholisidan 2,5 million kishi vaqti-vaqti bilan xorijga mehnat qilish uchun chiqib turadi, ulardan 2 millioni Rossiyaga ishlashga boradi degan edi. Mehnat migrantlari Rossiyadan Oʻzbekistonga yiliga oʻrtacha 4 milliard dollar mablagʻ oʻtkazishadi.

Asosiy mavzular