05:38 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Abdulla Aripov davlat muassasalarining  matbuot xizmatlarini tanqid qildi

NOK
Jamiyat
Havola olish
148 0 0

Boʻlib oʻtayotgan voqealar haqida aholiga tezkor va muntazam xabar bermagan mansabdor shaxslarga nisbatan chora koʻriladi.

TOSHKENT, 31 iyul – Sputnik. Bugun bosh vazir Abdulla Aripov raisligida davlat organlari matbuot xizmatlari faoliyatiga bagʻishlangan yigʻilishi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Saida Mirziyoyeva Facebookda.

“Yigʻilishda davlat organlarining axborot faoliyatidagi kamchiliklari koʻrsatib oʻtildi, matbuot xizmatlarining ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlardagi ishtiroki sustligi qayd etildi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, davlat muassasalari matbuot xizmatlari sust ishlashi oqibatida, olib borilayotgan islohotlarning mohiyati hamda prezident va hukumat qarorlarining ahamiyati va asosiy mazmuni ichki va xorijiy auditoriyaga toʻliq yetkazilmyotgani qayd etildi.

Ushbu munosabat bilan, selektor yigʻilishda axborot sohasidagi yagona davlat siyosati kontseptsiyasini tez fursatda qabul qilish,  matbuot xizmatlarining media makonidagi ishtirokini kengaytirish, ular huzurida ekspertlar va jurnalistlar guruhlarini tashkil etish, rezonansli voqealar roʻy berganda davlat organlari rahbarlarining tezkor chiqishlarini uyushtirish, aholini xabardor qilish masalasiga eʼtiborsiz boʻlayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan chora koʻrish mexanizmini ishlab chiqish yuzasidan takliflar bildirildi.

Eslatib oʻtamiz, 27 iyun kuni Oʻzbekiston prezidentning matbuot xizmatlarini rivojlantirish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan edi. Ushbu qarorda, jahonda kechayotgan axborot qarama-qarshiligi sharoitida matbuot xizmatlarining birinchi axborot  manbai sifatida davlat axborot siyosatini amalga oshirishdagi oʻrnining muhimligi qayd etilgan.

Asosiy mavzular