15:32 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
1645 0 0

Test sinovlariga 2 538 nafar abituriyent kelmadi. Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 53 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.

TOSHKENT, 31 iyul – Sputnik. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi  respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun oʻtkazilgan test sinovlarining birinchi kuni (29 iyul)da ishtirok etgan abituriyentlarning natijalarini eʼlon qildi.

Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 66 ta katta sigʻimli binoda test sinovlari ikki smenada “Matematika”, “Fizika” va “Ona tili va adabiyoti” fanlari boʻyicha oʻtkazildi.

Test sinovlarida ikki smenada jami 71 ming 340 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan, 68 ming 736 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Test sinovlariga 2 538 nafar abituriyent kelmadi. Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 53 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi. Test sinovlarida 2 576 nafar guruh nazoratchilari ishtirok etdi.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha eng yuqori ball:

a) kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha:

Oʻzbekiston milliy universitetining 5130100 – Matematika taʼlim yoʻnalishi – 172,6 ball;

b) sirtqi taʼlim shakli boʻyicha:

Andijon davlat universitetining 5110700-Informatika oʻqitish metodikasi taʼlim yoʻnalishi – 142,1 ball;

v) kechki taʼlim shakli boʻyicha:

Samarqand davlat universitetining 5130100 – Matematika taʼlim yoʻnalishi
– 127,2 ball.

Oʻzbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari 29 iyuldan boshlandi va 16 kun davomida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq bu yil oliygohlarga qayta  hujat topshirayotgan abituriyentlardan 53 milliard soʻm mablagʻ jamlangani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular