07:46 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
354 0 0

Milliy aviakompaniya faqat foydalanish muddati 15 yildan ortiq boʻlgan samolyotlarni savdoga chiqargan.

TOSHKENT, 31 iyul – Sputnik. Oʻzbekiston Havo yoʻllari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Boeing 787 DreamLiner samolyotlari sotilishi haqidagi xabarlarni inkor qildi, OʻzA xabariga asosan.   

“Xabarda aytilishiga koʻra, Boeing 787 DreamLiner samolyotlarini sotish joriy rejaga kirmagan. Milliy aviakompaniya faqat foydalanish muddati 15 yildan koʻp boʻlgan samolyotlarni savdoga chiqargan”, - deyilgan xabarda.

Xususan, Il-76TD (5 dona) (chiqqan yili 1982-1992); Il-114-100 (7 dona) (chiqqan yili 1999-2013) va kompleks trenajyor KTS Il-114; Boeing - 757-200 (2 dona) (chiqqan yili 1999); Boeing - 767-3CBER (2 dona) (chiqqan yili 2003- 2004); Boeing - 767 VSF (2 dona) (chiqqan yili 1996) sotuvga qoʻyilgan.

Ikkinchidan, ijtimoiy tarmoqlarda koʻrsatilgan samolyot narxlari ham haqiqatga yaqin emas. “Oʻzbekiston havo yullari” MAK ekspluatatsiyasidagi Boeing 787 samolyotlarining narxi ancha past boʻlib, 115 million AQSH dollaridan boshlanadi.

Shunigdek, kompaniya kredit evaziga sotib olingan samolyotlar uchun toʻlovlar toʻla-toʻkis oʻz vaqtida amalga oshirib borilayotganini ham aytib oʻtgan.

Asosiy mavzular