Ekspert ishsizlik va migratsiya darajasini qanday kamaytirish mumkinligini ma’lum qildi

© Facebook / Vasiliy KoltashovRukovoditel Sentra ekonomicheskix issledovaniy Instituta globalizatsii i sotsialnix dvijeniy Vasiliy Koltashov
Rukovoditel Sentra ekonomicheskix issledovaniy Instituta globalizatsii i sotsialnix dvijeniy Vasiliy Koltashov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosiy iqtisodiy tadqiqotlar markazi rahbari Vasiliy Koltashov qanday qilib O‘zbekistonda ishsizlik darajasini kamaytirish hamda chet elga mehnat migratsiyasiga ketgan shaxslar sonini qisqartirish mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi yarim yillikda O‘zbekistonda ishsizlik darajasi o‘tgan yilning mos davri ko‘rsatgichiga qaraganda 0,2 foizga kamayib, iqtisodiy faol yoshdagi aholining 9,1 foizini tashkil qilgan. Shuningdek, chet elga mehnat migratsiyasiga ketgan shaxslar soni 2018-yil mos davri bilan qiyoslaganda 1,9 foizga kamaygan.

Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlar har yili vataniga 4 mlrd $ yubormoqda

Vasiliy Koltashov yangi korxonalar va ish o‘rinlari yaratilishi mehnat sharoitlarini yaxshilashga olib keldi, deb hisoblaydi.

Xodimlarni korxonaning o‘zida o‘qitish va tayyorlash vaziyatga ko‘pincha ta’sir ko‘rsatadi.

Odatda korxonalar ishchilarni o‘qitish ma’suliyatini o‘z zimmasiga olmaydi, chunki bu ko‘p hollarda moliyaviy xarajatlarga borib taqaladi. Biroq davlat subsidiyalari hamda ta’lim muassasalarining faolligi bu muammoni hal qilishi mumkin.

Ekspertning fikriga ko‘ra, bu mamlakatda kuzatilayotgan iqtisodiy jonlanish qancha davom etishiga bog‘liq. Haqiqatdan ham migratsiya darajasi kamaymoqda. Buning sababi – ish kuchiga bo‘lgan raqobat.

“Bu mahalliy ish beruvchilarga beriladigan savol. Agar ular ko‘proq ish haqi to‘lash va yaxshi mehnat sharoitlarini taklif qilishga tayyor bo‘lishsa, ular o‘z korxonalarida ko‘proq mahalliy ishchilarga ega bo‘lishadi”, - dedi Koltashov Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida.

Qishloqdan shaharga keng ko‘lamli ko‘chishlar amalga oshirilgan mamlakatlarda ishsizlik darajasiga hamisha yuqori bo‘lgan, chunki bozor bu ish kuchini bazo‘r “hazm qilgan”. Jarayonni tezlashtirishga faqat davlat ta’lim dasturlari ko‘maklashgan. Markaziy Osiyoda bu masala Qozog‘istonda muvaffaqiyatli hal qilingan. Lekin u yerda hech qachon qo‘shni davlatlardagi kabi migratsiyaning katta oqimi kuzatilmagan. Shuning uchun bu tajribani ko‘chirib olish maqsad muvofiq emas.

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat guvohnomalari qachon berilishi ma’lum bo‘ldi

Ekspertning fikriga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston iqtisodiyotiga yirik investitsiyalar kiritilmoqda va bu mamlakatda yangi ish o‘rinlarini yaratishga imkon beradi.

Yangiliklar lentasi
0