07:12 13 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Rabota priyemnoy komissii MFTI

Litsenziyaga ega boʻlmagan OTM abituriyentlarni qabul qilgani maʼlum boʻldi

© Sputnik / Sergey Pyatakov
Jamiyat
Havola olish
29201

Qarshida tashkil etilgan “Xalqaro Ijtimoiy-iqtisodiyot universtiteti”ning faoliyati noqonuniy - Vazirlar Mahkamasi.

TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. Qarshida tashkil etilgan “Xalqaro Ijtimoiy-iqtisodiyot universtiteti” abituriyentlardan hujjat qabul qilib, kontrakt pulini toʻlagan har bir kishini oʻqishga qabul qilishni vaʼda berayotgani maʼlum boʻlganidan soʻng, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim inspektsiyasi ogohlartirish eʼlon qildi.

“Oliy oʻquv yurtida oʻqish istagida boʻlgan yoshlarga va ularning ota-onalariga “Xalqaro Ijtimoiy-iqtisodiyot universtiteti” nodavlat oliy taʼlim muassasasi hech qanday litsenziyaga ega emasligini va ularning faoliyati noqonuniyligini eslatib oʻtmoqchimiz va bunday yolgʻon maʼlumotlarga ishonmasliklarini soʻrab qolamiz”, - deyilgan xabarda.

Taʼlim inspektsiyasi ushbu “universtitet” oldin ham litsenziya olish uchun bir necha bor murojaat qilganini aytib oʻtgan.

Lekin ushbu muassasa talabga javob beradigan bino va inshootlar boʻlmagani, zamonaviy axborot-kommunikatsiya asbob-uskunalari va texnik vositalar mavjud emasligi sababli litsenziya berishga rad etilgan.

Ushbu muassasaning norasmiy faoliyati boʻyicha Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan Qashqadaryo viloyati hokimligiga xat yuborilgan.

Shu bilan birga, litsenziya olgan nodavlat taʼlim muassasalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni Vazirlar Mahkaamsi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining rasmiy veb-sahifasida joylashgan litsenziyalar reyestri orqali toʻliq maʼlumotlarni olishingiz mumkin, deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular