O‘zbekistonliklar endilikda o‘zi istagan qurolni sotib olishi mumkinmi?

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishRabota magazina po prodaje orujiya
Rabota magazina po prodaje orujiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda “Qurol to‘g‘risida”gi qonun imzolandi. Yangi qonun qurol bo‘yicha qanday yengillikni beradi? Fuqaroviy qurolni istalgan joyda olib yurish mumkinmi?

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Adliya vazirligi “Qurol to‘g‘risida” qonun bo‘yicha 5 ta tushunmovchilikka izoh berdi.

© Ministerstvo yustitsii Uzbekistana“Qurol to‘g‘risida” Qonun bo‘yicha 5 ta tushunmovchilikka izoh
O‘zbekistonliklar endilikda o‘zi istagan qurolni sotib olishi mumkinmi? - Sputnik O‘zbekiston
“Qurol to‘g‘risida” Qonun bo‘yicha 5 ta tushunmovchilikka izoh

Fuqaroviy qurol jumlasiga ov, sport va o‘zini o‘zi himoya qilish qurollari kiradi.

Quyidagilar o‘zini o‘zi himoya qilish quroli hisoblanadi:

- gazli qurol – ko‘zdan yosh oqizadigan yoki achishtiradigan moddalar bilan to‘ldirilgan gazli ballonchalar, mexanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar va boshqa qurilmalar;

- elektroshok qurilmalari, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi ta’siri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalar.

Jamoat joylarida, shahar, shahar atrofiga qatnovchi, shaharlararo va xalqaro transportda qurolni ochiq holda (g‘ilofsiz) olib yurish taqiqlanadi.

Milliy gvardiya organlari tomonidan beriladigan 3 oylik ruxsatnomalar asosida fuqaroviy va xizmat quroli olinishi mumkin.

Fuqaroviy va xizmat qurolini olishga doir ruxsatnoma qurolni hamda uning o‘q-dorilarini olib yurish va qo‘llash huquqini bermaydi.

Qurolni olishga doir ruxsatnoma qurolni hamda uning o‘q-dorilarini olib yurish va qo‘llash huquqini bermaydi.

Yangiliklar lentasi
0