07:30 13 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Molodojenы. Arxivnoye foto

Noqonuniy sharʼiy nikoh oʻqigan mulla jarimaga tortildi

CC BY-SA 2.0 / Victoria Hong Zhu
Jamiyat
Havola olish
499 0 0

Bulungʻurda kaltaklangan 10 kunlik kelinga noqonuniy nikoh oʻqigan mulla jarimaga tortildi.   

TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. Bir oy oldin Bulungʻur  tumanida oʻlasi qilib kaltaklan 10 kunlik yosh kelinchak hikoyasi  butun Oʻzbekistonni larzaga solgan edi.

Kecha ushbu kelinni doʻpposlagan erkakka 3 yilu 8 oy qamoq jazosi berilgani xabar qilinan edi. Bugun ushbu holat yuzasidan yana bir kishi jazolandi.

“Z.Umarovaning sharʼiy nikohini oʻqigan mulla R.Badalov ekanligi aniqlanib, R.Badalov Z.Umarovaning otasining oʻrtogʻi ekanligi maʼlum boʻldi. Sud tartibida oʻrganilib chiqilib, 2019 yil 16 iyul kuni tuman maʼmuriy sudi tomonidan eng kam ish haqining 2 baravarida 405 000 (toʻrt yuzi besh ming) soʻm jarima undirilgan”, - deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Maʼlumot uchun - Oʻzbekistonda FXDYodan olingan guvohnomasiz, sharʼiy nikoh oʻqish taʼqiqlangan. 

Eslatib oʻtamiz, ushbu voqeadan soʻng Samarqand viloyati Xotin-qizlar qoʻmitasining tashabbusi bilan muntazam ravishda alkogol ichimliklarni isteʼmol qiluvchi oilali erkaklak maxsus roʻyxatgan olingan edi. 

 

Asosiy mavzular