20:08 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Jitelnitsы Respubliki Uzbekistan

Ishsiz va yolgʻiz: Toshkentda jinoyatga moyil ayollar toifasi tuzildi

© Flickr / Ken Flottman
Jamiyat
Havola olish
431 0 0

Qoʻshma qaror Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlandi.

TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. Toshkent shahar IIB hamda Toshkent shahar Xotin-qizlar qoʻmitasi hamkorligidagi jinoyatga moyil ayollarning 23 ta toifasi tuzildi.

Qoʻshma qaror Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlandi.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Dilbar Najmutdinova10 ta tumanda yigʻilishlar oʻtkazgan..

Oʻtkazilgan yigʻilishlarda 508 ta mahallalarning xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislar, mahalla raislari, tumandagi masʼul tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etishdi.

Oʻtkazilgan yigʻilishlarga koʻra, tuman hokimliklari huzurida “Tezkor shtab” hamda tuman IIB sohaviy xizmat xodimlari va Xotin-qizlar qoʻmitasining jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha ishlovchi mutaxassislaridan iborat Ishchi guruhlar faoliyati tashkil etiladigan boʻldi.

Shuningdek, har bir mahallada mahalla mutaxassisi va profilaktika nozirlari tomonidan hududda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarni 23 ta toifa boʻyicha kartotekalarni shakllantirish va shu kabi vazifalar belgilab olindi.

Qoʻmita quyidagi 23 ta toifani ishlab chiqdi:

1. Muqaddam sudlanganlar
2. Jinoyat sodir etganlar
3. Probatsiya hisobidagilar
4. Giyohvandlar
5. Spirtli ichimlikka ruju qoʻyganlar
6. Tajovuzkor ruhiy kasallar
7. Jinoyat sodir etishga moyillar
8. Uzoq muddatga chiqib ketganlar
9. Uzoq muddatdan qaytganlar
10. Maʼnaviy koʻmakka muhtojlar
11. Farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchilar
12. Odob-axloq doirasida huquqbuzarlik sodir etganlar
13. Oila munosabatlari doirasida huquqbuzarlik sodir etganlar
14. IIB va taʼlim muassasalari hisobidagi qizlar
15. Suitsid sodir etgan xotin-qizlar
16. Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar
17. Ishsiz xotin-qizlar
18. Kam taʼminlanganlar
19. Toshkent shahrida vaqtincha istiqomat qiluvchi xotin-qizlar
20. Roʻyxatsiz yashayotgan xotin-qizlar
21. Tilanchilik bilan shugʻullanayotgan xotin-qizlar.
22. Voyaga yetmagan qizlar (18 yoshgacha) va yosh qizlar (18-30 yoshlar)
23. Nogiron, ajrashgan, bolasini yolgʻiz katta qilayotgan, boquvchisini yoʻqotgan ayollar.

Asosiy mavzular